Van Deyk mag‘lubiyatga chiday olmayapti
“Liverpul” yetakchisi va sardori Virjil van Deyk Angliya kubogi chorak finalida “Manchester Siti”dan uchralgan mag‘lubiyat unga og‘ir ta’sir qilganini bildirdi.
- Bu mag‘lubiyatni qabul qilish juda, juda qiyin. Maydonda bo‘lish undan ham og‘ir. Juda og‘ir kun bo‘ldi va muxlislardan uzr so‘rayman.
Barcha mas’uliyat bizning zimmamizda. Biz dunyoning qanday ishlashini bilamiz. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, birga turishimiz kerak. Angliya kubogidan chiqib ketganimiz — katta zarba, chunki penal’tigacha, menimcha, muammo yo‘q edi.
Hozircha men faqat o‘zim haqida gapira olaman: bu katta zarba, buni boshdan kechirish qiyin. Ammo haqiqat shundaki, haftaning o‘rtasida bizni g‘alabaga och va juda kuchli “Pari Sen-Jermen” kutib turibdi.
Ayirish mumkinki, yagona tasalli — oldinda yana ikki o‘yin bor, lekin ular orasida ham biz “Fulxem”ga qarshi og‘ir o‘yin o‘tkazamiz. Shuning uchun, ishimiz oson bo‘lmaydi, - dedi Virjil van Deyk.
Angliya kubogi yarim final o‘yinlari 25 va 26 aprel kunlari “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar