Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Vasiliy Lomachenko jangga rozi... Teofimo Lopeschi?

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Jang 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Engil vazn toifasida (61.2kg) WBC Franchise, WBA va WBO super chempionlik kamarlari sohibi ukrainalik Vasiliy Lomachenko(14-1, 10 KO) va ushbu vaznda IBF chempioni amerikalik Teofimo Lopec (15-0, 12KO) o‘rtasida 4 ta jahon chempionlik kamari uchun jang o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirda moliyaviy masalalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. "The athletic" nashri xabar berishicha, Vasiliy Lomachenko o‘zi uchun taklif qilingan 3.25 million dollar miqdoridagi kafolatlangan gonorarga rozilik berdi. Biroq, Teofimo Lopec 1.2 million dollarga ko‘nmayapti. 

Ma’lumot uchun, jang 3 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Ammo manzil bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q