Vasiliy Lomachenko qay tarzda WBC kamarini ko‘lga kiritdi? (video)

  • 01.09.2019 22:57
  • 0
  • Boks

Ukrainalik Vasiliy Lomachenko engil vazn toifasida o‘zining WBA va WBO chempionlik kamarlarini himoya qildi. U britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi ringga ko‘tarildi. 

12 raund davom etgan jang damomida britaniyalik charm qo‘lqop ustasi bir necha bor nokdaun holatiga tushishiga oz qoldi, ammo o‘zida kuch topib, jangni yakuniga etkazishga erishdi.

Yakunda esa hakamlar 119-108, 118-109 va 119-108 hisobi bilan Lomachenkoning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, 31 yoshli Lomachenko WBC vakant kamarini ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!