
Viktor Osimxen Angiya superklubi bilan kelishuvga erishdi
Muhammad Saloh o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirayotgan “Liverpul” mutasaddilari “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen bilan ozaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Valter de Madjo xabar tarqatdi.
- “Napoli” va Viktor Osimxen shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishib olgandi. Keyin vaziyat o‘zgarib ketdi.
Endi bu jarayonga Angliya Premer-ligasi vakili qo‘shildi. Bu “Liverpul”.
Angliya klubi Osimxen bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Aniqlik kiritaman: bitim “Liverpul” va nigeriyalik hujumchi o‘rtasida bo‘ladi va unda “Napoli” ishtirok etmaydi.
Endi Aurelio De Laurentis Viktor Osimxenni hech bo‘lmaganda kelasi iyungacha ushlab qolishiga umid qilamiz, lekin bunga amin emasmiz, - deb yozdi Valter de Madjo.
Fikrlar