Viktoriya Azarenko raqibini kutmoqda
Zohir2018
"Porsche Tennis Grand Prix" turniri davom etmoqda
Germaniyaning Shtutgart shahrida tennis bo‘yicha Xotin-qizlar tennis uyushmasi – WTA tomonidan xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Unda belaruslik tennischi Viktoriya Azarenko ikkinchi davrala rossiyalik Vera Zvonaryovani 7:5, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Viktoriya "Porsche Tennis Grand Prix" musobaqasining chorak finaliga chiqish uchun chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)