Villian yana "Chelsi"ga qaytishni xohlamoqda

  • 26 may, 2021, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Arsenal"ning braziliyalik yarim himoyachisi Villian yozgi transferlar davrida yana "Chelsi"ga qaytmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "kanonirlar"ning qayd etayotgan natijalaridan 32 yoshli futbolchining hafsalasi pir bo‘lgan. Villianga AQShning "Inter Mayami" klubidan ham taklif bo‘lmoqda, ammo "Chelsi" uning uchun eng maqbul variant hisoblanadi.

O‘z navbatida "Arsenal" ham yangi transferlar uchun qo‘shimcha mablag‘ topish maqsadida Villianni sotishi mumkin.

Villian yakunlangan mavsum "Arsenal" safida jami 37 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!