Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisius "Barsa"ga qarshi o'ynamaydi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real» hujumchisi Vinisius Zhunior diskvalifikatsiya sababli navbatdagi «El Klassiko»ni katta ehtimol bilan o‘tkazib yuborishi mumkin.

«Real» jamoasining braziliyalik hujumchisi Vinisius Zhunior katta ehtimol bilan navbatdagi «El Klassiko»da jamoasiga yordam bera olmaydi.

Jurnalist Mario Kortegana xabariga ko‘ra, Vinisius «Vilyarreal»ga qarshi chempionatning sakkizinchi turidagi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilgani uchun kamida ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, braziliyalik futbolchining qizil kartochkaga javoban keskin reaksiyasi tufayli jazo muddati uch o‘yingacha oshirilishi ham mumkin. Eslatib o‘tamiz, Vinisius raqibini sochidan ushlab to‘xtatgani uchun maydondan haydalgan edi.

Shu tarzda, u katta ehtimol bilan «Sevilya»ga qarshi uy o‘yinidan so‘ng bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborishi mumkin.

14 oktyabr kuni «Real» Chempionlar Ligasining ikkinchi turi doirasida safarda Italiya ning «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q