Vinisius bunaqasini kutmagan bo‘lsa kerak...

  • 2 oktabr, 22:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali La Ligada ishtirok etayotgan charm to‘p ustalarining yangilangan transfer narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “Real” va “Barselona” o‘yinchilari orasida narxi keskin pasayib ketgan o‘yinchilar borligi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

O‘z vaqtida jahonning eng qimmat o‘yinchisi darajasiga ko‘tarilgan Vinisius Junior eng arzonlagan futbolchilar reytingida birinchi qatorda qayd etildi. Braziliyalik yulduzning narxi 20 million evroga tushib ketgan va ayni paytda 150 million evroni tashkil qilyapti.

“Barselona” yulduzlaridan Gavining narxi ham sezilarli darajada arzonlab ketdi. Jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan yosh yulduz ham Vinisius singari 20 million evroga arzonlagan.

Quyida qiymatini eng ko‘p yo‘qotgan o‘yinchilar ro‘yxati bilan tanishish mumkin.

Vinisius Junior («Real» Madrid) — € 150 mln (- € 20 mln).

Gavi («Barselona») — € 40 mln (- € 20 mln).

Ronald Arauxo («Barselona») — € 35 mln (- € 15 mln).

Rodrigo Goes («Real» Madrid) — € 80 mln (- € 10 mln).

Eduardu Kamavinga («Real» Madrid) — € 50 mln (- € 10 mln).

Markus Rashford («Manchester Yunayted»/«Barselona») — € 40 mln (- € 10 mln).

Raul Asensio («Real» Madrid) — € 30 mln (- € 10 mln).

Takefusa Kubo («Real Sosedad») — € 30 mln (- € 10 mln).

Eder Militao («Real» Madrid) — € 30 mln (- € 10 mln).

Lukas Beltran («Valensiya») — € 10 mln (- € 8 mln).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!