Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Vinisius Mbappe tufayli "Real"dan norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Manfaatlar to‘qnash kelib qoldi

«Real» klubining yulduz hujumchisi Vinisius Zhunior joriy yilda «Oltin to‘p» mukofoti atrofidagi vaziyatdan mamnun emas. Unga ko‘ra, Madrid jamoasi rahbariyati e’tiborni undan ko‘ra ko‘proq fransuz forvardi Kilian Mbappega qaratmoqda.

The Athletic nashri ma’lumoticha, 26 yoshli braziliyalik futbolchi klub ichida aynan Mbappeni «Oltin to‘p» uchun asosiy nomzod sifatida faol targ‘ib qilayotganidan norozi. «Real» rahbariyati nufuzli sovrin bu yil aynan fransuz hujumchisiga nasib etishiga ishonadi. Ko‘plab mutaxassislar ham Mbappeni bosh favoritlardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar sifatida Kilian Mbappe bilan bir qatorda ispaniyalik Lamin Yamal va Rodri Ernandes, ingliz hujumchisi Harri Keyn hamda Norvegiya terma jamoasi yulduzi Erling Holann tilga olinmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q