Vinisius “Real”dan ketadigan bo‘ldi

  • 28.10.2025 11:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida “Real” futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida amaldagi chempion “Barselona”ni 2:1 hisobida mag‘lub eti, musobaqa jadvalidagi peshqadamlik mavqeini mustahkamlab oldi.

Bu galgi “el-klasiko” ham juda og‘ir o‘tdi. O‘yin tomonlarning janjali bilan tugaydi. Yana Vinisius Junior o‘zining xarakterini ko‘rsatgan “qahramon”lardan bo‘ldi.

Avvaliga braziliyalik futbolchi 72-daqiqada zaxiraga olingan pallada bosh murabbiy Xabi Alonsoga hurmatsizlik qildi va to‘g‘ri ichkariga kirib ketdi. Keyin esa, o‘yin oxiridagi mojaroda Lamin Yamal bilan janjallashdi.

Marca va DAZN kabi manbalarning aniqlashicha, Vinisius Junior zaxiraga olingan paytda “Real”dan ketmoqchiligini ma’lum qildi. U “Men jamoadan ketaman, ketganim yaxshi...”, deb norozilik bildirgan.

Yana bir manba –  AS nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik legioner bosh murabbiy xabi Alonso uni yoqtirmasligini his qilyapti. Vinisius murabbiyning himoyaga  yordam berish talabini bajarayotgan bo‘lsa-da, Xabi Alonso buni inobatga olayotgani yo‘q. Vinisius uning asosiy o‘yinchi mavqeini hurmat qilishmayotganini ta’kidlayapti.

Agar jamoa ichidagi vaziyat o‘zgarmasa, 25 yoshli futbolchi ketishini ochiq aytdi. Bu o‘zgarish yanvar oyidayoq yuz berishi mumkin.

Vinisius Junior Madrid superklubida 2018 yildan beri o‘ynayapti. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!