Vinisius “Real”ga yoqmay qoldi
“Real” hujumchisi Vinisius Juniorning o‘zini tutishi klubdagilarning aksariyati yoqmay qoldi. Klub ichida braziliyalik legionerdan norozilar ko‘payib bormoqda. Bu haqda ispan jurnalisti Anton Minu xabar berdi.
Vinisius o‘zini tutishni o‘rganishi kerak, chunki xulqi tufayli klub ichida norozilik keltirib chiqarmoqda. U avgust oyidagi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oldi, lekin hozir vaziyat o‘zgargan.
Klub braziliyalik o‘yinchi “Real”ga kelganida uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan edi. Hozir bunday emas. Ilgari u klub va jamoadoshlari uni qanday qo‘llaganini ko‘rgan, ammo hozirgi Vinisius hech kimga yoqmayapti.
Braziliyalik futbolchi e’tiborini ko‘proq boshqa narsalarga qaratyapti, futbolga emas. Vinisius gol urishda davom etayotgan bo‘lsa-da, atrofidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda. Men uning atrofidagilar bilan suhbatlashganimda uni klub ichida himoya qilayotgan birgina Karlo Anchelotti qolganini bildim, - deb yozdi Anton Minu.

Fikrlar