Vinisius uchun beshta da'vogar ma'lum qilindi
«Real» Vinisius bilan shartnomani uzaytirmasa, uni yozda «Arsenal», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» yoki «Bavariya»ga sotishi mumkin.
"Real" klubi haligacha Vinisius bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olgani yo‘q. Ispaniya matbuoti yozishicha, agar tomonlar yaqin orada bitimni uzaytirishga muvaffaq bo‘lmasa, madridliklar hujumchini shu yozdayoq sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
El Debate nashri ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik vingerning faoliyatini davom ettirishi uchun beshta yirik klubdan taklif bor. Vinisiusga asosan Angliya Premier-ligasi jamoalari va Germaniya grandi qiziqish bildirmoqda. Unga "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" hamda "Bavariya" da'vogarlik sifatida ko‘rsatilmoqda.
O‘tgan mavsumda Vinisius "Real" safida 53 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Izohlar (0)