Vinisius Xulian Al’vares transferini bloklaydi

  • 27.07.2026 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» tarkibidan hujumchi Vinisius Zhunior ketishi mumkinligi «Atletiko» forvardi Xulian Al’varesning kelajagiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi. 

Avvalroq «Qirollik klubi» braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatgani va uni sotishga tayyor ekani ma’lum qilingan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius uchun asosiy da’vog‘ar sifatida Londonning «Arsenal» jamoasi ko‘rsatilmoqda. Xabarga ko‘ra, londonliklar «Real»ga 100 million evronadan ortiq taklif tayyorlamoqda.

Agar «Arsenal»ning qiziqishi yanada kuchayib, rasmiy taklifga aylansa, bu holat Al’varesning Angliya premyer-ligasi chempionlari safiga o‘tishi ehtimolini keskin pasaytiradi. 

Bunday sharoitda, nashr ta’kidlashicha, argentinalik hujumchi uchun asosiy va real variant sifatida faqat PSJ va «Barselona» klublari qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!