Vinisiusni zararlantirdingizmi? Unda Rodrigo katta sahnaga chiqadi

  • 10.04.2024 00:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Real" va "Manchester Siti" o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan ChLning dastlabki chorak finalida mehmonlar tezkor gol urib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay madridliklar imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 

14-daqiqada esa Rodrigo jamoasini oldinga olib chiqdi. 23 yoshli futbolchi ajoyib tezlik namoyish qilib, Manuel Akanjidan o‘tib ketdi va chiroyli gol urdi. 

O‘yindan oldin Karlo Anchelottining bugungi bahs uchun Vinisius Juniorni markazga o‘tkazib, chap qanotni Rodrigoga topshirishi haqida mish-mishlar chiqqandi. Shunday ham bo‘ldi va birinchi taymning eng yaxshi futbolchilaridan biri bu braziliyalik vingerdir. 

Barcha Vinidan havf kutayotgan bir paytda uning do‘sti katta sahnaga chiqmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!