
Virts "Liverpul"ning asosiy va eng qiyin vazifasini aytdi
"Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts "Bayer"dan transfer uchun mersisaydliklar to‘lagan summa unga qo‘shimcha bosim o‘tkazmaydimi, degan savolga javob berdi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "qizillar" 22 yoshli xavbekni sotib olish uchun 125 mln evro sarflagan.
- Yo‘q, bu haqda o‘ylayotganim yo‘q. Shunchaki futbol o‘ynashni istayman, klublar bir-biriga qancha to‘lashining ahamiyati yo‘q.
Asosiy vazifa - yana chempionlikni qo‘lga kiritish va bu eng qiyini. Shuning uchun vaziyatlar yaratishga, shuningdek, to‘psiz ishlashga harakat qilaman, chunki ko‘p yugurishim mumkin va buni jamoa o‘yiniga olib kirishga harakat qilaman. Shuningdek, to‘pga egalik qilganimda jamoa o‘yinini yaxshilash va jamoadoshlarimga yordam bera olishimga umid qilaman", - deya Virtsning so‘zlarini keltiradi The Times.
Fikrlar