Vitinya «Barselona»ga qarshi bahsni final repetitsiyasi deb hisoblamaydi
Vitinya «PSJ» – «Barselona» oʻyinini Evropaning eng kuchli jamoalari toʻqnashuvi, ammo final bosh repetitsiyasi emasligini aytdi.
«PSJ» yarim himoyachisi Vitin'ya Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Parijliklar umumiy bosqichning 3-turida, seshanba kuni o‘z maydonida kataloniyaliklarni qabul qiladi.
«Kelajakdagi final repetitsiyasimi? Bu haqida xulosa chiqarishga hali erta — hozir oktyabr oyi. Mavsum davomida ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini bilamiz. Hozirgi vaziyat mart oyidagi holatdan ancha farq qilishi aniq.
Albatta, «Barselona»ga qarshi o‘yin — juda qiziqarli to‘qnashuv. Aytish mumkinki, bu «Bavariya» bilan bir qatorda Yevropaning eng yaxshi jamoalari o‘rtasidagi bahs. «Bavariya» ham asosiy da’vogarlar qatorida bo‘lishga munosib», — dedi Vitin'ya matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» — «Barselona» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20 oktyabrdan 21 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Izohlar (0)