Vitinya Myunxen safari oldidan jamoadoshlarini ogohlantirdi

  • 29.04.2026 19:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

​PSJning “Bavariya” ustidan qozongan 5:4 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng jamoa yetakchisi  Vitinya o‘yindan mamnun ekanini bildirdi.

Biroq, portugalialik futbolchi yakuniy natijadan qoniqqan bo‘lsa-da, o‘yin ssenariysidan (uchrashuv tugashiga 30 daqiqa qolganida PSJ 5:2 hisobida oldinda borayotgan edi) biroz afsusda ekanligini yashirmadi.

-  Biz xursandmiz, g‘alaba qozondik. “Bavariya”ga qarshi o‘yin har doim qiyin kechadi. Ajoyib futbol guvohi bo‘ldik, bu mening hayotimdagi eng yaxshi o‘yin edi.

Musobaqaning juda muhim boqichida ikki kuchli jamoa to‘qnash keldi. G‘alaba qozonganimizdan baxtiyormiz, lekin ko‘rdikki, bu keyingi bosqichga chiqish masalasi hal bo‘ldi degani emas.

​Biz Myunxenga xuddi “Chelsi” va “Liverpul”ga qarshi o‘ynagandek, bor kuchimiz bilan faqat g‘alaba uchun kurashishga boramiz. Bu natija bizga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni beradi, baribir g‘alaba qozondik-ku. Ammo aytganimdek, hali hech narsa hal bo‘lgani yo‘q, - dedi Vitinya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!