Vladimir Bubanja: "Biz taxminan shunday stsenariyni kutgandik"

  • 07.04.2026 13:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Pro-Ligasi 1-turi doirasida "Yaypan" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng klub matbuot xizmati Bekobod klubining tajribali himoyachisi Vladimir Bubanyaning o‘yin taassurotlari bilan qiziqdi.

"Yaypan"ga qarshi o‘yin og‘ir kechdi. Biz taxminan shunday ssenariyni kutgan edik. To‘pni ushlab turish orqali o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘radigan yaxshi raqib bizga qarshi harakat qilishini bilardik.

Juda tezkor gol o‘tkazib yubordik, ammo qaytib, javob to‘pini ham tezkorlik bilan urishga muvaffaq bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda esa g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Aytish mumkinki, xarakter ko‘rsatib, so‘nggi daqiqagacha o‘ynadik.

Mavsumlar oralig‘ida kichik jarohat bo‘ldi, lekin Xudoga shukr, hammasi ortda qoldi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va umid qilamanki, o‘yinlar orqali optimal sport formamni tiklab olaman.

Biz har bir uchrashuvda maksimum imkoniyatimizni ishga solishimiz zarur. Oldimizda aniq vazifa bor — Superligaga chiqish. Shunday ekan kimga qarshi maydonga tushishimizning farqi yo‘q. Keyingi o‘yinlarni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va umid qilaman, bekobodlik futbol muxlislari bizni qo‘llab-quvvatlab turishadi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!