Vladimir Bubanya: "O‘yindan so‘ng shifokordan uzr so‘radim"

  • 21 may, 2024, 10:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” himoyachisi Vladimir Bubanya "Metallurg"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Vladimir, avvalo, “Metallurg” bilan o‘yinning ikkinchi bo‘limida yuz bergan vaziyatga izoh berib o‘tsangiz.

- O‘sha vaziyat haqida nima deyishni ham bilmayman. Bu o‘yin paytida yuz beradigan xis hayajonli holatdir. O‘yindan so‘ng o‘sha shifokordan kechirim so‘radim. O‘ylaymanki, men biror yomon ish qilganim yo‘q. Shunchaki, maydonda yotgan odamni chiziq ortiga olib o‘tib qo‘ydim xolos.

- Albatta, siz unga qo‘pollik qilish niyatida bo‘lmagansiz. O‘yindan keyin esa raqib jamoa bosh murabbiyi bilan gaplashib turgandingiz...

- Uchrashuvdan keyin raqib jamoa murabbiyi bilan ko‘rishib, undan ham kechirim so‘rashni unutganim yo‘q va uzrimni qabul qildi. Yana keyingi o‘yinlar haqida gaplashdik. Oddiy futbol haqidagi suhbat bo‘ldi va bir-birimizga omad tiladik.

- Shu kuni stadion muxlislar bilan to‘lib-toshdi. Atmosferaga gap bo‘lishi mumkin emasdi. Tabiiyki, ular hamma vaqt o‘z jamoasidan g‘alabani kutishadi. Shunday ekan, ishqibozlarga nima degan bo‘lardingiz?

- Ha, men yana shuni aytamanki, bizning jamoa ishqibozlari nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyodagi eng yaxshilaridir. Bizni qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun ularga katta rahmat. O‘z navbatida biz ham o‘yinimiz va yaxshi natijalarimiz orqali ularga javob qaytarishni xohlaymiz. Albatta, ba’zida buni uddalaysan, gohida esa hammasi kutganingdek chiqmaydi. Bu – futbol.

- Qayd etilgan durangdan qanday xulosa chiqardinglar?

- Ha, biz o‘sha o‘yinni yutishni juda ham istagandik. Lekin baxtga qarshi bunday bo‘lmadi. O‘sha uchrashuvni yaxshi saviyada o‘tkaza olmaganimizni tan olaman. Bundan so‘ng mashg‘ulotlarda o‘z o‘yinimizni yanada yaxshilash uchun harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
21/05/2024 15:07
Бизнинг халкимизни хурмат килмаганга Узбекисонда урин йук. Урушда хам душман тиббиет ходимлрни хурмат килади эй нон кур.
Ishoq Ruziev
21/05/2024 16:21
Har mavsum har klubda 6ynaydigan Laylak b6lsang
Абдухаликов Мухаммад
21/05/2024 14:18
Андижон га омад