
Vladimir Kozak "Andijon"da!
Yaqinda Turkiya yig‘inini yakunlab qaytib kelgan “Andijon” klubi kecha o‘z qarorgohida to‘plandi va navbatdagi mashg‘ulotlarga kirishdi.
Pro liga favoriti tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tarkibga ikki nafar yangi futbolchi qo‘shildi. Uzoq yillar “Paxtakor” klubida to‘p surgan va o‘tgan mavsumni AGMKda o‘tkazgan Vladimir Kozak “Andijon” jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Shuningdek, Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasida o‘ynagan Malikshox Rasulov ham andijonliklar safiga qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, “Andijon” mavsumdagi dastlabki turni mehmonda 6 mart kuni “Zomin” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar