Asosiy mazmunga oʻtish
Xokkey

VXL. "Humo" o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi

Shahzod
Izohlar: 0

Bugun Oliy Xokkey ligasi muntazam chempionatida navbatdagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Toshkentning "Humo" jamoasi o‘z maydonida Pekinning KRS-BSU klubini qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 19-daqiqada Tatalin va Voroshilolarning uzatmasidan so‘ng Sinyavskiy hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Maksimov Smiryagin qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilib muvozanatni tikladi.

44-daqiqada Ilin son jihatdan ustunlikdan foydalangan holda toshkentliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 55-daqiqada esa Plotnikov hisobni 2:2 ko‘rinishga keltirdi.
Uchrashuv so‘nggida o‘yinchi almashtirishdz qoida buzilgani uchun mezbonlar muzda 4 kishi bo‘lib qolishdi va yakunda raqiblar bundan unumli foydalanib g‘alaba shaybasini kiritishdi. Shayba muallifi Chen Mayk.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q