Xabi Alonso: Haqorat mavzusi allaqachon nazoratdan chiqib ketgan
Xabi Alonso Chempionlar ligasidagi o‘yinda "Atletiko Madrid" murabbiyi Diego Simeonega nisbatan aytilgan haqoratlarga munosabat bildirdi.
"Agar biz ideal dunyoda yashaganimizda, bunday vaziyatlarga duch kelmasdik. Men shikoyat qilmoqchi emasman. Bunaqa holatlar menga uncha ta’sir qilmaydi, lekin boshqalarga ko‘proq tegadi.
Afsuski, bunga ko‘nikishga majbur bo‘lamiz. Aks holda, shunday vaziyatlar sizni o‘yindan chalg‘itib, noxush holatlarga olib kelishi mumkin. Haqorat mavzusi allaqachon nazoratdan chiqib ketgan",- dedi "Real Madrid" bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletiko" bosh murabbiyi "Liverpul"ga qarshi kechgan uchrashuvning yakunida muxlislar bilan tortishgani sababli qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi.
Fikrlar