
Xamzat Chimaevga yangi raqib topildi!
Braziliyalik UFC jangchisi Kayo Borralo rossiyalik Xamzat Chimaev bilan jang qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.
"Xamzat bu to‘qnashuvga rozi bo‘ldi. Bu uning dyu Plessi bilan jangidan yaxshiroq bo‘ladi" - deb yozdi Borralo ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chimaev o‘rta vazn toifasi chempioni Drikus du Plessisga qarshi jang o‘tkazishi kutilgandi, biroq janubiy afrikalik mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgani bois ularning jangini e’lon qilish noma’lum muddatga qoldirildi.
Fikrlar