
Xavi ikki shogirdini alohida e’tirof etdi
Xavi La Liga 31-turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Birinchi bo‘lim umuman o‘xshamadi. Jamoa ruhan va jismonan charchagandek ko‘rindi. Payshanba kungi bahs futbolchilarga ta’sir qilgan ko‘rinadi. Biroq ikkinchi bo‘limni ancha yaxshi o‘tkazdik.
Oxirigacha kurashganimiz va muvaffaqiyatga ishonganimiz uchun ko‘zlangan natijaga erisha oldik. Lyuk De Yongning goli bizga g‘alaba keltirdi. U o‘z ishining ustasi.
Ter Shtegenning seyvlari va Lyuk De Yongning goli o‘yinning burilish nuqtasi bo‘ldi. Bugun shogirdlarim katta kuch sarflashdi.
La Ligada g‘olib bo‘lish oson emas. "Real" amalda yutqazmaydi. Ularni ham xuddi bizniki kabi qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Agar "qaymoqranglilar" keyingi bellashuvlarda ochko yo‘qotishsa, ko‘prog‘iga umid qilishimiz mumkin", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar