
Xavi: "La Ligada chempionlik uchun favorit emasmiz"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Ligada chempionlik poygasidagi jamoasining holati haqida gapirdi.
"La Liga hozircha etakchisiz. Eng yaqin ta’qibchimizni 5 ochkoga ortda qoldiryapmiz va mana shunday davom etishimiz kerak.
Biroq biz chempionatda favorit emas, da’vogarlardan birimiz, deb hisoblayman. Chunki hozirda La Liga va Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi bilan raqobatlashyapmiz. Chempionlik uchun oxirgi turgacha kurashamiz", - deya kataloniyaliklar ustozining so‘zlarini keltiradi "Marca" nashri.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa" keyingi turda "Sevilya" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar