Xavi nima sababdan haligacha shartnomasini uzaytirmadi?

  • 26.06.2023 15:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes “ko‘k anorranglilar” rahbariyati bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash borasida hozircha kelishmagan. Insayder Fernando Poloning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida moliyaviy masalalarda kelishmovchiliklar mavjud.

Ernandes klub boshliqlaridan nafaqat uning, balki yordamchilarning ham maoshini oshirishini istamoqda. Biroq, klub rahbarlari boshqacha fikrda, ya’ni, faqat bosh murabbiyning maoshini oshirishga tayyor.

Xavi 2021 yilning noyabr oyidan beri “Barselona”ni boshqarmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2024 yilning o‘rtalarigacha tuzilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!