Xayr, Xavi! “Barsa” boshqa bosh murabbiy topdi

  • 23 may, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi baribir “Barselona”ni tark etadigan bo‘ldi. Klub prezidenti Joan Laporta bosh murabbiyni o‘zgartirish fikridan qaytmadi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, kataloniyalik futbolchilarga endi “Bavariya” va Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ustozlik qiladi.

Joan Laporta ham o‘ziga taqdim etilgan nomzodlar orasida tajribali Flikni tanlagan.

Germaniyalik mutaxassis Kataloniya varianti chiqqanidan keyin “Chelsi” taklifini rad etgani aytilmoqda.

“Barselona” mutasaddilari tez orada Xavi Ernandes bilan uchrashuv o‘tkazib, uning faoliyatini tahlil qilib beradi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!