
Xokkey. "Humo" jahon chempioni bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
Toshkentning "Humo" xokkey klubi rossiyalik markaziy hujumchi Ivan Fishenko bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Fishenko 1995 yilning 19 iyulida tavallud topgan. U Tyumen "Gazovik" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ivan Rossiya terma jamoasi tarkibida Yoshlar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. "Omskie Yastreby" tarkibida MXL chempioni va "Yugra" tarkibida BXL chempioni bo‘lgan. U joriy mavsumni BXLda Voronejning "Buran" klubida boshladi va 18 ta o‘yinda 7 (2+5) ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ivan Fishenko jamoa hisobda KXLda 134ta, BXLda 144ta o‘yin o‘tkazgan.
Fishenko “Humo” tarkibida 26-raqam ostida faoliyat olib boradi.
Fikrlar