Xoland dunyoning eng zo‘r murabbiyi kimligini aytdi

  • 3 iyun, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Gvardiola - dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U barcha mayda-chuyda narsalarga juda e’tiborli. Pep boshqalar sezmaydigan narsalarni ko‘radi. U va jamoadoshlarim tufayli ancha kuchaydim. Menda hali o‘saman. Oldinda meni uzoq faoliyat kutmoqda”, - dedi norvegiyalik to‘purar BBC Sport nashriga bergan intervyusida.

2022/2023 yilgi mavsumda Erling manchesterliklar safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 52 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bugun, “Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!