Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Xoland hakamlar jazolanishiga sababchi bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jiddiy xato bo‘lgan

Angliya premyer-ligasi to‘rtinchi turidan o‘rin olgan derbida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi. Qat’iy kurashda kechgan uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi. O‘yindagi yagona golni Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holann kiritdi.

The Touchline manbasi xabariga ko‘ra, ushbu derbidan so‘ng VAR tizimida ishlagan hakamlar jazolanadi. Mett Donohyu va uning yordamchisi Bleyk Antrobus «shaharliklar»ning golini haqli emas, deb baholanishi kerak bo‘lgan holatda hisobga olgan. E’tiborli jihati, gol urilishidan oldin Enzo Fernandez ofsajdda bo‘lgani aytilmoqda. Shu boisdan VAR hakamlari Angliya chempionatining navbatdagi turiga uchrashuvlar tayinlovini olmaydi.

Mazkur safar g‘alabasidan so‘ng «Manchester Siti» ochkolarini 12 taga yetkazib, Angliya premyer-ligasi jadvalida ikkinchi o‘rinni egalab turibdi. «Qizil iblislar» esa to‘rt ochko bilan 13-pog‘onada joylashgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q