Xoland hammani hayratga solyapti
“Manchester Siti” jamoasi futbolchilari Angliya Premer-ligasining 16-turida “Kristal Pelas” mehmoni bo‘lib, safardan 3:0 hisobidagi yirik g‘alaba bilan qaytdi.
Uchrashuvda chempionat forvardi Erling Xoland dubl qayd etib, to‘purarlar poygasidagi peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamlab oldi. Yana bitta to‘p Fil Foden hisobiga yozildi.
Statisika ekspertlari norvegiyalik hujumchining samaradorligi hayratlanarli darajada ekanini e’tirof etmoqda. Mavsum boshidan beri 25 yoshli futbolchi klub va terma jamoa miqyosida jami 27 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 35 marta ishg‘ol qilgan.
Bu ko‘rsatkich hali mavsumning yarmidan ko‘p qismi oldinda bo‘lgan bir vaziyatda qayd etildi.
Xoland “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 22 ta gol urgan bo‘lsa, Norvegiya terma jamoasi tarkibida 13 ta to‘p kiritdi.
Fikrlar