Xoland o‘z narxini o‘zi tushirdi
Ishni ko‘zini biladigan bola ekan
“Manchester Siti”ning bugungi kundagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Ayni paytda “shaharliklar” norvegiyalik hujumchi bilan shartnomani yangilash bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
24 yoshli forvard Manchesterda qolishga rozi. Biroq Xoland yangi bitimga uni 120 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band kiritilishini talab qilmoqda.
Dunyoning eng qimmat o‘yinchilari qatorida 180 million evroga baholanayotgan Xolandning transfer uchun badal summasini pasaytirayotgani uning boshqa klubga ko‘chib o‘tish imkonini saqlab qoladi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Erling Xolandga “Real”, “Barselona” va PSJdan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Izohlar (0)