Xoland Ronalduni ortda qoldirdi
"Manchester Siti" forvardi Erling Xoland Angliya Premer-ligasida bir klub safida gol urish bo‘yicha Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.
Kecha norvegiyalik hujumchi "shaharliklar" safida APLning 16-turida "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi. Ushbu gollar uning "Manchester Siti" tarkibidagi 145- va 146- goli bo‘ldi. Shu tariqa Xoland ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Manchester Yunayted"da to‘p tepib 145 ta gol urgan Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Erling 146 ta golni 168 ta uchrashuvda kiritgan bo‘lsa, Ronaldu uchun 346 ta o‘yin kerak bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" 16-turdan so‘ng 34 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog‘onasini band etgan.
Fikrlar