Xoland “Siti”dan ketadigan bo‘lyapti
Yozda Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Bu birinchi navbatda, bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning klubdan ketish ehtimoli oshib borayotgani va “Manchester Siti” moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jazoga tortilishi kutilayotgani bilan bog‘liq.
“Shaharliklar”ning so‘nggi ikki yildagi eng zo‘r to‘purari Erling Xoland ham yozda boshqa klubga ko‘chib o‘tishga tayyor ekani xabar qilindi.
Fichajes nashrining yozishicha, tez orada Xoland uchun kurash boshlanadi. Ayni paytda 24 yoshli hujumchiga “Real”, “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” kabi qudratli klublar da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar