Xolandning yagona goli tarixiy bo‘lib chiqdi

  • 06.09.2026 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya chempionati uchinchi turida "Koventri Siti" darvozasiga kiritilgan gol manchesterliklarga qimmatli uch ochko keltirish bilan birga norvegiyalik hujumchi uchun yubiley bo‘ldi.

"Manchester Siti" forvardining 26-daqiqada hisobni ochgan goli unga yangi marrani zabt etishi uchun kifoya qildi. OptaJoe ma’lumotlariga ko‘ra, bu Holandning klublar miqyosidagi 300-gol sifatida qayd etildi. Bu marraga ketish uchun mohir to‘purarga 368 ta o‘yin kifoya qildi. 

Bundan tashqari, Erling Holand Norvegiya terma jamoasi safida xalqaro miqyosda 55 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 62 marotaba ishg‘ol qilgan. 

Norvegiyalik futbolchi "Manchester Siti" safida 2022 yil yozidan beri to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!