Xolanni «Barselona» bilan bog‘lashda davom etmoqdalar
Erling Xoland «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy ish bo‘yicha qarorga qarab «Barselona»ga o‘tishni ko‘rib chiqishi mumkin.
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland atrofidagi gap-so‘zlar to‘xtamayapti: ommaviy axborot vositalari uni yana Ispaniya chempionatiga ehtimoliy ko‘chib o‘tishi bilan bog‘lamoqda.
2027 yil boshida klub moliyaviy qoidalarni buzish ishi yuzasidan yakuniy qarorni eshitishi kutilmoqda. Agar «Manchester Siti» jamoaning sportdagi maqsad va imkoniyatlariga jiddiy ta’sir qiladigan jazoga duch kelsa, Xoland jamoasini almashtirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy transferdagi birinchi va eng muhim qadam — futbolchining o‘zi «Barselona»ga o‘tishga rozilik berishi. Shundan so‘ng kataloniyaliklar transfer strategiyasini puxta ishlab chiqishi, bitim formati va shartlarini aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Xabarlarga qaraganda, «Barselona» Xoland «ha» deyishi mumkin bo‘lgan klublardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq hozircha norvegiyalik hujumchi «Manchester Siti»ga nisbatan moliyaviy qoidalarni buzish ishi bo‘yicha chiqadigan qarorni kutmoqda, deb yozadi El Nacional nashriga tayangan «Gazeta.Ru».
Izohlar (0)