Xorvatiya bu ishni 24 yilda uddaladi

  • 18 dekabr, 2022, 07:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Jahon chempionati uchinchi o‘rin uchun bo‘lib o‘tgan Xorvatiya - Marokash o‘yinida evropaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida uchinchi bor mundial medallariga ega chiqdi. Qatardagi mazkur turnir xorvatlar uchun oltinchisi bo‘ldi.

Xorvatiya 1998 yildan beri birinchi marta nufuzli musobaqaning pley-off bosqichi bahslarining asosiy bo‘limlarida g‘alaba qozondi. O‘sha yili xorvatlar bronza medali uchun bahsda Niderlandiya terma jamoasini 2:1 hisobida taslim etgandi.

Shundan so‘ng "shashkachilar" ketma-ket ettita mundial uchrashuvlari va uchta Evropa chempionati doirasidagi bahslarning pley-off bosqichlari asosiy vaqtlarida g‘alaba qozonishni uddalay olmgandi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijani 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada qo‘lga kiritgan. O‘shanda Modrich sardorligidagi jamoa finalda Frantsiyaga imkoniyatni boy berib, turnirning kumush medallariga ega chiqqandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!