Xorxe Jesus: "U 40 yoshda bo‘lsa xam, hali-xanuz o‘ynamoqda"

  • 24.07.2025 14:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumdan boshlab "An-Nasr"ni boshqaradigan portugaliyalik mutaxassis Xorxe Jezus qarilikni tan olmayotgan Krishtianu Ronaldu xaqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ronaldu - o‘zgacha. U 40 yoshda bo‘lsa xam, hali-xanuz o‘ynamoqda. Futboldan tashqaridagi qarashlarimiz juda o‘xshash. Men 70 yoshdaman, ammo na ruxiy, na jismoniy jixatdan qarilikni xis qilmayman. Krish jaxon darajasidagi shaxs. Biz uni Portugaliyada qanday baxolashni bilmaymiz. Ronaldu futbol chegarasidan ancha narida turibdi", -  deydi Jezus.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda "Al Xilol" klubini boshqargan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!