Xosep Gvardiola: "To‘g‘risi futboldan biroz charchadim "

  • 14 oktabr, 2024, 07:02
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pep Gvardiola kelajakdagi rejalari haqida gapirdi. 

"Men futboldan biroz charchadim, to‘g‘risi. Boshqalar kabi biz ham ishimizdan charchaymiz. Lekin men futbolni juda yaxshi ko‘raman va uni sevishda davom etaman. Italiyada bo‘lish esa men uchun baxt bo‘lar edi.

Keyinchalik nima bo‘lishini hal qilganimcha yo‘q. Bu haqda biroz o‘ylab olishim kerak. Agar allaqachon qaror qabul qilganimda, bu to‘g‘risida sizlarning ham ma’lumotingiz bo‘lar edi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Qaerda ishlashimni ham hozircha bilmayman.

Agar Roberto Badjo mening yordamchimga aylansa, Italiyaga kelaman. Qaysi jamoaga deysizmi? Misol uchun Jenoa A Seriyadagi kuchli klublardan biri" - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!