Xushxabar! O‘zbekistonlik bokschi jahon chempioni!

  • 23.04.2021 19:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Polshada davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi bosqichga etib keldi. Finalga yo‘l olgan ikki vakilimizdan biri -52 kg vazn toifasidagi Shahzod Muzaffarov hozirgina rossiyalik Evgeniy Jorovga qarshi jahon chempionlik unvoni uchun jang qildi. 

Finalga xos tarzda o‘tgan ushbu to‘qnashuvda yurtdoshimiz ajoyib tarzda harakat qildi va bu turnirda unga teng raqib yo‘qligini ko‘rsatgan holda g‘alabaga erishdi.

Shahzod Muzaffarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!