Yamal 5 daqiqada “to‘kilib” qoldi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yetakchisi Lamin Yamal bilan kutilmagan holat sodir bo‘ldi. 18 yoshli futbolchi jamoa mashg‘ulotlariga kirishganidan besh daqiqa o‘tib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Bu haqida nufuzli Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Shifokorlar Laminning ahvoli “umumiy holsizlik” sifatida baholayapti. Futbolchi salomatligida hech qanday jiddiy muammo yo‘q va u bu masala biroz hordiq chiqarish bilan hal bo‘ladi.
Mutaxassislar Lamin Yamal shanba kuni “Espanyol” bilan bo‘ladigan uchrashuvda ishtirok etishiga hech qanday qarshilik yo‘qligini ta’kidlamoqda.
Joriy mavsumda Lamin Yamal Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida 20 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar