Yamal: "Oltin to'p"ni men yutaman deb o'ylagandim"
"Barselona" vingeri Lamin Yamal 2025 yilg i "Oltin to‘p" mukofotini Usmon Dembele qo‘lga kiritganida nimalarni his qilgani haqida gapirdi.
"Rostini aytsam, agar ochiq gapiradigan bo‘lsam, "Oltin to‘p"ni men yutaman deb o‘ylagandim.
Orqaga nazar tashlasam, Dembelening g‘alabasi men uchun juda foydali bo‘lganini tushunaman. Bu mening shaxsiy o‘sishimga yordam berdi. O‘ylashimcha, o‘sha paytda mukofotni yutish uchun to‘g‘ri vaqt emasdi, chunki men hali bola edim va ehtimol "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish nimani anglatishini to‘liq qadrlay olmasdim.
Usmon Dembele bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Biz birga vaqt o‘tkazganmiz, ko‘p suhbatlashganmiz. Hatto bir necha kun avval u ahvolimni so‘rab yozdi.
O‘sha taqdirlash marosimidan keyin men katta bo‘ldim, hayotimda ko‘p narsani o‘zgartirdim. Dembelening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganidan juda xursandman.
Biz Dubaydagi marosimda ham birga bo‘lganmiz va munosabatlarimiz juda yaxshi ekanini ko‘rish mumkin. Hozir ham muloqot qilib turamiz", — dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yildgi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Lamin Yamal ikkinchi o‘rinni egallagan, Usmon Dembele esa g‘olib bo‘lgan edi.

Fikrlar