Yana 3 nafar hamyuritimiz yarim finalda!

  • 29.09.2025 17:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Gruziyaning Tbilisi shahrida havaskor MMA bo‘yicha (IMMAF) jahon chempionati davom etmoqda. 

Bugun 3-kun bahslari start oldi va quvonarlisi hamyurtimiz Azizbek Safarov estoniyalik raqibini 1-raunddayoq bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. 

Shuningdek, Umid Axmedov (O‘zbekiston) ham serbiyalik Straginja Miladinovichni, Islom Murodov (O‘zbekiston) qozog‘istonlik Nursulton Kantayni engib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Chempionat davom etmoqda va bugun yana bir qator vakillarimiz jang qiladi. Voqelar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!