Yana bir kumush medal!

  • 10.12.2024 13:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Tailandning Chiang May shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasida final janglari o‘tkazilmoqda.

57 kg vaznda Nigina O‘ktamova tailandlik Punrave Ruenrosga qarshi kurash olib bordi. Vakilamiz qanchalik faol harakat qilmasin, yakunda 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Punrave oltin, Nigina kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Navbahor Hamidova va xitoylik Huiping Yuan to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!