"Yangi Messi" erkin agentga aylandi

  • 28 dekabr, 2022, 08:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi mavsumni Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasida o‘tkazgan ispaniyalik hujumchi Boyan Krkich erkin agentga aylandi.

Tecno

32 yoshli futbolchi klub libosida 26 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 1 gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

Krkich o‘z vaqtida "Barselona" akademiyasining eng iste’dodli futbolchilaridan biri hisoblangan va ma’lum vaqt davomida "yangi Messi" laqabi bilan katta mashhurlikka erishgandi.

Shundan so‘ng u "Roma", "Milan", "Ayaks", "Stok Siti", "Maynts", "Alaves" hamda "Monreal" kabi jamoalar sharafini himoya qildi. "Transfermarkt" portali uni 600 ming evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!