Yangi murabbiy MYuning eng katta muammosiga echim topdi

  • 03.05.2022 22:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumdan "Manchester Yunayted" boshqaruviga kelishi aniq bo‘lgan Erik ten Hag jamoa muammolariga echim topish ishlarini boshlab yubordi.

"The Telegraph" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis ishni mudofaa chizig‘ini kuchaytirishdan boshlaydi. Xususan, mankuniyaliklar sardori va markaziy himoyachisi Harri Maguayrning pozitsiyasi biroz o‘zgartiriladi.

U nisbatan o‘ngroqda harakat qilishi mumkin. Bosh murabbiy Harrining hozirgi holati noqulaylik tufayli yuzaga kelgan deb hisoblamoqda. Angliyalik futbolchi juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yayotgani uchun tanqidlarga uchrayotgandi.

Joriy mavsum 29 yoshli himoyachi barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!