
"Yangi Pirlo" "Inter"da o‘ynamoqchi
“Breshiya” klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini “Inter”da davom ettirmoqchi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 20 yoshli futbolchi aynan “neradzurrilar” safiga o‘tishni xohlamoqda.
O‘z navbatida “Inter” ham Tonalining transferi bo‘yicha “Breshiya” bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Mutaxassislar tomonidan “yangi Pirlo” deya e’tirof etilayotgan Tonali joriy mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar