Yannik Karrasko "Arsenal"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 09.06.2019 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xitoyning "Dalyan Ifan" klubida faoliyat olib borayotgan belgiyalik yarim himoyachi Yannik Ferreyra Karrasko faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

“Arsenal” bilan muzokaralar yaxshi ketmoqda. Garchi jamoada muhim o‘yinchi bo‘lsamda, ketishimga ruhsad berishadi deb umid qilaman. Men shaxsiy va oilaviy sabablarga ko‘ra Evropaga qaytishim kerak”, - deydi Karrasko.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi "Dalyan Ifan" safiga 2018 yilning fevralida 30 mln evro evaziga “Atletiko”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida Xitoy chempionatida jami 10ta o‘yinda ishtirok etdi va 7ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!