Yanvarda barbоd bo‘lgan supertransferlar
Yevropaning yetakchilar ligalarida qishki transfer oynasi rasmiy yopildi. So‘nggi oyda klublar ko‘plab qiziqarli o‘tishlarni amalga oshirishdi, ammo barbod bo‘lgan transferlar ham bor.
Ularning eng yiriklari bilan tanishing.
Mark Gexi va Antuan Semenyo
Bu ikki futbolchi ham “Liverpul”ga o‘tishga juda yaqin edi, ammo so‘nggi pallada ularni “Manchester Siti” olib ketdi. Gexi va Semenyo “Manchester Siti” safida muvaffaqiyatli debut qildi va darhol asosiy tarkibdan joy oldi. Ikki futbolchi uchun klub 100 million evrodan sal ko‘proq mablag‘ sarfladi.
Darvin Nunyes
O‘tgan yozda “Liverpul”dan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tgan Nunyes bu qishda Evropaga qaytishi mumkin edi. 26 yoshli forvardni Turkiyaning “Fenerbaxche”si kutayotgan edi, ammo qandaydir sabablar ko‘ra bitim amalga oshmadi.
Jan-Filipp Mateta
Qishki transfer oynasi davomida “Kristal Pelas” hujumchisini ko‘plab klublar, jumladan “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Nottingem Forest” va “Yuventus” qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi. Ammo hech biri 28 yoshli fransuz bilan kelisha olmadi. Transfer oynasi yopilishi arafasida “Milan” Matetani 30 million evro evaziga sotib olishga juda yaqin keldi, ammo futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi.
Leon Goretska
“Bavariya”ning 30 yoshli yarim himoyachisiga Londonning “Arsenal” jamoasi jiddiy qiziqish bildirdi. “To‘pchilar” Mikel Merinoni uzoq muddatga yo‘qotgan edi va Goretskani tezda qo‘lga kiritishga tayyor edi. Biroq nemis futbolchisi bayonot berib, “Bavariya”ni faqat bu mavsumdan keyin tark etishini aytdi.
bo‘lishini aytdi. U shartnomasini to‘liq bajarib, 7,5 yil o‘ynagan klubiga hurmat ko‘rsatmoqchi.
Sandro Tonali
Transfer oynasining so‘nggi kunlarida “Arsenal” 25 yoshli italyanlik yarim himoyachini qo‘lga kiritishga harakat qildi, ammo bitim amalga oshmadi. Shuningdek, “Yuventus” ham Tonalini uzoq vaqtdan beri olishni orzu qilib kelyotgan edi. Biroq Fabrizio Romano ma’lum qilishicha, futbolchi bu qishda “Nyukasl”ni tark etish haqida o‘ylamagan, klub ham uni qo‘yib yuborishni rejalashtirmagan.
Fikrlar