Yaponiya. Doston Tursunovning jamoasi 21-o‘ringa tushib ketdi
Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" jamoasi safarda "V-Varen Nagasaki" klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:2 hisobida raqib bilan murosa ko‘chasini tanladi.
Tursunov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, 44-daqiqada ogohlantirish oldi. Shu tariqa "Renofa Yamaguchi" hisobidagi ochkolar soni 5 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 22 jamoa orasida 21-o‘rinni tushib ketdi.
Yaponiya "J2" Ligasi. 8-tur
"V-Varen Nagasaki" - "Renofa Yamaguchi" 2:2.
Fikrlar